Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

Mirko Yelichich: «Ob-havo tufayli bir necha kun davomida tuzilgan rejalar o‘yin oldidan o‘zgarib ketdi»

Mirko Yelichich: «Ob-havo tufayli bir necha kun davomida tuzilgan rejalar o‘yin oldidan o‘zgarib ketdi»

Baho:
+ | -

"Lokomotiv" bosh murabbiyi Mirko Yelichich Superliganing 2-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Surxon"ga qarshi o‘yin borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

— Futbol o‘ynash qiyin bo‘ldi, jamoalar ko‘proq kurashishiga to‘g‘ri keldi. Bu ikkala jamoa uchun ham yoqimli holat emas. Chunki «Mash’al» ham yaxshi futbol o‘ynash uchun kelgandi. Shunday paytda futbolchilarning yana qanday hususiyatga ega ekanligini, bu kabi holatlarda qanday kurasha olishini ko‘rishimiz mumkin. Uch ochkoni inobatga olsak, barchasi yaxshi.

— Maydonni ko‘rganingizdan keyin rejalar o‘zgardimi?
— Ha, albatta. Jamoalar asosan raqibga tayyorgarlik ko‘radi. Keyinchalik shart-sharoitlar o‘rganiladi. Bir necha kun davomida tuzilgan rejalar o‘yin oldidan o‘zgarib ketdi. Bu biz istagan futbol emas. Ob-havo bizni shunga majbur qildi.

— O‘tgan turda muxlislar tashrifi bo‘yicha eng kam son «Lokomotiv»ning uy o‘yinida bo‘ldi. Bu ob-havo bilan bog‘liqmi yoki Toshkentda futbolga qiziqish pastmi?
— Toshkentdagi barcha jamoalarda holat shunday. Viloyatlarda ko‘proq muxlislar o‘yinlarga tashrif buyurishadi. Bilmadim. Balki, biz ko‘rsatayotgan futbol va natijalar sababdir. Chiroyli futbol namoyish qilsak, muxlislar tashrif buyurar. Bu borada ishlashimiz kerak. Lekin Siz aytayotgan muammo faqatgina bizda emas, «Paxtakor» va «Bunyodkor»da ham bor. Biz esa boshqa ishlar bilan shug‘ullanishimiz kerak.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 22:55, 05.03.2026.
O'qildi: 985 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик