Kirish Ro'yxatdan o'tish

The Athletic: «Tottenxem» rahbariyati futbolchilarni maosh qisqartirilishi bilan ogohlantirdi

The Athletic: «Tottenxem» rahbariyati futbolchilarni maosh qisqartirilishi bilan ogohlantirdi

Baho:
+ | -

«Tottenxem» qarorgohidan shov-shuvli xabar tarqaldi — klub rahbariyati futbolchilarni Angliya futbolining yuqori divizionidan tushib ketilgan taqdirda, ularning maoshlari qisqartirilishi haqida ogohlantirdi. Bu haqda Angliyaning The Athletic nashri xabar bermoqda.

Ushbu vaziyatda eng ko‘p norozilik bildirganlar futbolchilar emas, balki klub muxlislari bo‘ldi. Ishqibozlar rahbariyatning bunday harakatini qo‘rqoqlik va noloyiq ish deb hisoblamoqdalar.

Shu bilan birga, boshqa jurnalistlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, yuqori ligadan tushib ketish London klubi uchun 250 million funt sterling yo‘qotish bilan barobar bo‘ladi. «Tottenxem» oxirgi marta deyarli yarim asr avval — 1978 yilda yuqori divizionni tark etgan edi.

Kiritildi: 06:01, 06.03.2026.
O'qildi: 660 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик