Shu dam olish kunlari Italiyada Milanning ikki klubi – "Milan" va "Inter" o‘zaro to‘qnash keladi. "Milan"ning sobiq futbolchisi va 2007 yilgi "Oltin to‘p" sohibi Rikardo Kaka "Milan" raqibini yana mag‘lub etishiga va A Seriyadagi intrigani qayta tiklashiga ishonchi komil.
"Derbi oldidan ijobiy hissiyotlar bor. O‘n ochkolik farq menga umidsizlik bo‘lib tuyulmayapti. Futbolda hamma narsani ko‘rganman va "Milan" futbolchilarini imkoniyat bor ekan, bunga ishonishga chaqiraman. Derbidagi g‘alaba esa bu imkoniyatlarni sezilarli darajada oshiradi", – deya Kakaning so‘zlarini keltiradi derbyderbyderby.it.
Eslatib o‘tamiz, birinchi davrada "Milan" minimal hisobda "Inter"dan ustun kelgan edi.













