Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Espanyol» va «Byornli» xo‘jayini: «6 daqiqalik kutish futbolni o‘ldirmoqda, VAR’dan voz kechish kerak»

«Espanyol» va «Byornli» xo‘jayini: «6 daqiqalik kutish futbolni o‘ldirmoqda, VAR’dan voz kechish kerak»

Baho:
+ | -

«Espanyol» va «Byornli» klublari prezidenti Alan Peys videotakrorlar (VAR) tizimini keskin tanqid qildi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

«Biz texnologiyani muammoning yechimi deb o‘ylaymiz, lekin ko‘pincha bunday emas. 6 daqiqa kutish futbolni o‘ldirmoqda. Agar vaziyat vaqtidagi hakamlarning o‘zaro suhbatlari yozuvini so‘rasangiz, ularda mantiqiy izchillik yo‘qligini ko‘rasiz.

Chempionshipda hissiyotlar sof edi — odamlar gol bekor qilinishini kutib o‘tirmasdi. Hozir men futbolning VAR’siz bo‘lishi tarafdoriman, chunki u 100 foizlik aniqlikni ta’minlab bermayapti», — dedi Peys.

Ma’lumot uchun, VAR tizimi Ispaniya futbolida 2018-19 yilgi mavsumdan beri amal qilmoqda. Avvaliga u La Liga o‘yinlarida sinab ko‘rilgan, keyinchalik esa boshqa turnirlarda ham qo‘llanila boshlagan.

Kiritildi: 16:56, 06.03.2026.
O'qildi: 674 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик