Superligada yangi mavsum anchagina murosasiz tarzda boshlandi.
Ortda qolgan 2 tur o‘yinlarida birorta o‘yin durang bilan yakunlanmadi. 16 ta o‘yinning barchasida yo mezbon, yoki mehmonlar g‘alaba qozondi.
Turnir jadvalida "Neftchi", "Lokomotiv", "Paxtakor", "Nasaf", "Buxoro" 6 ochkodan to‘plagan holda peshqadamlikni bo‘lishib turishibdi.













