Kirish Ro'yxatdan o'tish

Jorje Jezush Ronalduning holati haqida: «Jarohat kutilganidan jiddiyroq bo‘lib chiqdi»

Jorje Jezush Ronalduning holati haqida: «Jarohat kutilganidan jiddiyroq bo‘lib chiqdi»

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO / Futbolchilar
Rukn: Yangiliklar

Saudiyaning «An-Nasr» klubi bosh murabbiyi Jorje Jezush portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi. Hujumchi «Al-Feyha»ga qarshi o‘yinda (3:1) jarohat olgan edi. Avvaliga manbalar Ronaldu ikki haftadan to‘rt haftagacha maydonga tusha olmasligini ta’kidlashayotgan edi.

«Oxirgi o‘yinda u mushaklaridagi og‘riq tufayli maydonni tark etdi. Tekshiruvlardan so‘ng jarohat kutilganidan ko‘ra jiddiyroq ekani, dam olish va tiklanish jarayoni zarurligi ma’lum bo‘ldi. Krishtianu Ispaniyaga yo‘l oldi. Jarohat Madridda, u bilan doimiy ishlaydigan mutaxassis nazoratida davolanishni talab etadi. U tez orada safga qaytadi va jamoaga yordam beradi, deb umid qilamiz», — deya Jezushning so‘zlarini keltirmoqda A Bola.

Ronaldu 2023 yildan beri «An-Nasr» sharafini himoya qilmoqda. Ushbu mavsumda hujumchi Saudiya Arabistoni chempionatida 22 ta o‘yin o‘tkazib, 21 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 22:45, 06.03.2026.
O'qildi: 1811 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик