Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

Bundesliga. «Bavariya» «Borussiya» Mni ayab o‘tirmadi

Bundesliga. «Bavariya» «Borussiya» Mni ayab o‘tirmadi

Baho:
+ | -

Germaniya chempionatining 25-turi doirasida «Bavariya» Myonxengladbaxning «Borussiya» jamoasini 4:1 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuv Myunxendagi «Alyans Arena» stadionida bo‘lib o‘tdi.

Birinchi bo‘lim yakunida myunxenliklar ikkita gol urishga muvaffaq bo‘lishdi — Konrad Laymer va Luis Dias o‘z nomlarini tabloga yozdirib qo‘yishdi. O‘yinning 55-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Rokko Rayns qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Shundan so‘ng Jamal Musiala penaltini aniq amalga oshirib, hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi. 79-daqiqada esa hujumchi Nikolas Jekson «Borussiya» darvozasiga to‘rtinchi golni urdi. O‘yin tugashi arafasida mehmonlar bitta javob to‘pini kiritishdi — Vael Moxya tasalli beruvchi gol muallifiga aylandi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng «Bavariya» 66 ochko jamg‘argan holda Bundesliga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Borussiya» esa 25 ochko bilan 12-o‘rinda bormoqda.

Germaniya Bundesligasi. 25-tur

07.03.2026 | 00:30
«Alyans Arena», Myunxen

«BAVARIYA» — «BORUSSIYA» M — 4:1

Gollar: Luis Dias 33’ (1:0), Konrad Laymer 45+1’ (2:0), Jamal Musiala 57’-penalti (3:0), Nikolas Jekson 79’ (4:0), Moxya 89’ (4:1).

«Bavariya»: Manuel Noyer (Yonas Urbig, 46), Dayo Upamekano (Rafael Gerreyru, 61), Kim Min Je, Tom Bishof, Konrad Laymer (Kardozu, 60), Yozua Kimmix (Santush Dayber, 81), Leon Goreska, Jamal Musiala, Luis Dias (Yosip Stanishich, 61), Karl, Nikolas Jekson.

«Borussiya» M: Moris Nikolas, Niko Elvedi, Kevin Diks, Luka Zander, Kevin Shteger, Rokko Rays, Yens Kastrop (Lukas Ulrix, 67), Jo Skalli, Frank Onora (Fabio Kyarodia, 61), Bolin (Moxya, 84), Xaris Tabakovich (Matino, 61).

Ogohlantirish: Nikolas Jekson (66).

Chetlatish: Rokko Rays (55).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 03:16, 07.03.2026.
O'qildi: 875 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.