Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/09 00:00 Vilyarreal 1-2 Betis
15/09 00:00 Lids 4-1 Nyukasl
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen 1-0 Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka 4-1 Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers 7-1 Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi 4-6 Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan 3-1 Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim 1-1 Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn 4-0 An-Nasr (SA)
15/09 22:00 Rayo Valyekano 2-1 Espanyol
15/09 23:00 Alaves 0-1 Valensiya
15/09 23:15 Al-Hilol 2-1 Al-G‘arafa
16/09 00:30 Elche 2-3 Real Madrid
16/09 15:00 Chonbuk Motors - Kashiva Reysol
16/09 17:15 Port - Vissel Kobe

MLS. Messi va De Paulning gollari «Inter Mayami»ga mehmonda «Di-Si Yunayted»ni mag‘lub etishga yordam berdi (videosharh)

MLS. Messi va De Paulning gollari «Inter Mayami»ga mehmonda «Di-Si Yunayted»ni mag‘lub etishga yordam berdi (videosharh)

Baho:
+ | -

8 mart tongida Vashington shahridagi «Audi Fild» stadionida MLS muntazam chempionatining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda «Di-Si Yunayted» hamda «Inter Mayami» jamoalari to‘qnash keldi. Mehmonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

G‘olib jamoa safida argentinalik yulduzlar — Rodrigo De Paul va Lionel Messi gol urdi. Maydon egalari tarkibida esa yagona golga Tay Baribo mualliflik qildi.

Mashhur urugvaylik hujumchi Luis Suares uchrashuv qaydnomasiga kiritilgan bo‘lsa-da, o‘yinni zaxira o‘rindig‘ida boshladi.

Uchta turdan so‘ng «Inter Mayami» 6 ochko bilan Sharqiy konferensiyada uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Poytaxt jamoasi esa shuncha o‘yindan keyin 3 ochko to‘plab, Sharqda yettinchi pog‘onada bormoqda.

Keyingi turda «Di-Si Yunayted» safarda «Chikago Fayr» bilan o‘ynaydi, «Inter Mayami» esa mehmonda «Sharlott»ga qarshi maydonga tushadi. Har ikki uchrashuv 15 mart kuni bo‘lib o‘tadi.

MLS. 2026 yil 8 mart, yakshanba.
«Di-Si Yunayted» (Vashington) — «Inter Mayami» (Mayami) — 1:2
Gollar: 0:1 — Rodrigo De Paul, 17, 0:2 — Lionel Messi, 27, 1:2 — Tay Baribo, 75

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 10:52, 08.03.2026.
O'qildi: 1694 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик