Kirish Ro'yxatdan o'tish

Yamal Mbappedan o‘zib ketdi

Yamal Mbappedan o‘zib ketdi

Baho:
+ | -

«Barselona» hujumchisi Lamin Yamal FotMob statistik kompaniyasi talqiniga ko‘ra Ispaniya chempionatining eng yaxshi o‘yinchilari reytingida peshqadamlik qilmoqda. Bu haqda kompaniya saytida e’lon qilingan ma’lumotlar dalolat bermoqda.

«Barselona» sharafini himoya qilayotgan Yamal o‘rtacha 8.44 ball bilan birinchi o‘rinda bormoqda, u 7 bor uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgan. Keyingi o‘rinda Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe (8.30) joylashgan bo‘lib, u 9 marta o‘yin qahramoni bo‘lgan. Kuchli uchlikni «Barselona» darvozaboni Joan Garsiya (7.82) yakunlab bergan.

Shuningdek, kuchli o‘ntalikdan (top-10) quyidagi futbolchilar joy oldi:

Pedri («Barselona») — 7.81

Jud Bellingem («Real Madrid») — 7.75

Rafinya («Barselona») — 7.69

Antoni («Betis») — 7.66

Vinisius Junior («Real Madrid») — 7.64

Abde Ezzalzuli («Betis») — 7.61

Federiko Valverde («Real Madrid») — 7.57

Kiritildi: 12:12, 08.03.2026.
O'qildi: 3613 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик