Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Tottenxem»ning Van de Ven bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qoldi

«Tottenxem»ning Van de Ven bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qoldi

Baho:
+ | -

Himoyachi Mikki van de Ven «Tottenxem»dagi holatidan norozi va yozgi transfer oynasida klubdan ketish variantlarini ko‘rib chiqishga tayyor. «Shporlar» niderlandiyalik futbolchi bilan shartnomani uzaytirishdan umid qilishgan edi, biroq muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qoldi. Bu haqda Football Insider nashriga tayanib Transfer News Live xabar bermoqda.

Aytish joizki, matbuot anchadan beri 24 yoshli van de Venni yirik klublar, jumladan, «Real», «Barselona» va «Liverpul» bilan bog‘lab kelmoqda.

Nufuzli Transfermarkt portali Mikki van de Venni 65 million yevroga baholamoqda. Futbolchining «Tottenxem» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 14:53, 08.03.2026.
O'qildi: 531 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик