Dortmundning «Borussiya» klubi direktori Lars Riken yarim himoyachi Yulian Brandt shu yozda jamoani tark etishini ma’lum qildi. Futbolchi erkin agentga aylanadi.
«Biz yangi shartnoma borasida kelisha olmadik», — dedi Riken Sky Sports nashriga bergan intervyusida.
Yulian Brandt 2019 yildan buyon «Borussiya» Dortmund sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda u 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













