Kirish Ro'yxatdan o'tish

115 mln yevro va Tonali sizniki!

115 mln yevro va Tonali sizniki!

Baho:
+ | -

«Nyukasl» yarim himoyachisi Sandro Tonali yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda Tuttosport nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, 25 yoshli italiyalik futbolchining xizmatlariga Londonning «Arsenal» klubi qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, «Manchester Siti» va «Manchester Yunayted» ham o‘yinchining holatini diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Qayd etilishicha, agar «qarg‘alar»ga Tonali uchun taxminan 115 million yevro miqdorida taklif tushsa, klub uni sotishga tayyor.

Joriy mavsumda Tonali barcha musobaqalarda 45 ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga uchta gol va yettita golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Xavbekning «Nyukasl» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 18:08, 08.03.2026.
O'qildi: 3535 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик