Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

Osiyo Kubogida qatnashgan eronlik futbolchi qizlar polisiya yordamida jamoadan qochib ketgan — manba

Osiyo Kubogida qatnashgan eronlik futbolchi qizlar polisiya yordamida jamoadan qochib ketgan — manba

Baho:
+ | -

Eron ayollar terma jamoasining besh futbolchisi Avstraliyadagi Osiyo Kubogi vaqtida jamoa ixtiyoridan qochib ketdi. Jamoa guruh bosqichining so‘nggi o‘yinida Filippin terma jamoasiga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi va “A” guruhida so‘nggi o‘rinni egallab, turnirni tark etdi.

Avvalroq Eron davlat televideniyesi boshlovchisi Mohammad Rizo Shahbozi Osiyo Kubogidagi dastlabki o‘yinida milliy madhiyani kuylamagan futbolchilarni keskin tanqid qilgan edi.

“Urush paytida sotqinlarga nisbatan qattiqroq munosabatda bo‘lish kerak”, degan edi u.

Ushbu voqeadan so‘ng Professional futbolchilar assosiasiyalari xalqaro federasiyasi (FIFPro) FIFA va Osiyo Futbol Konfederasiyasidan (OFK) futbolchi qizlarning xavfsizligini ta’minlashni so‘ragan.

“The Athletic” nashrining xabar berishicha, hozirda FIFA, OFK va Avstraliya hukumati qizlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida Eron ayollar terma jamoasining mamlakatda qolish muddatini uzaytirish masalasini muhokama qilmoqda. Ayni damda jamoa uchun ortga qaytish reysi band qilinmagan.

Shuningdek, Filippin bilan o‘yindan so‘ng Eronning besh nafar futbolchisi mehmonxonadan qochib ketgani ta’kidlanmoqda. Qizlarga jamoa qarorgohini tark etishda polisiya yordam bergan. Sportchilar 9 mart, dushanba kuni terma jamoaning rejalashtirilgan kechki ovqatida ishtirok etmagan. Hozirda qochib ketgan futbolchilar Avstraliya federal polisiyasi nazorati ostidagi xavfsiz joyda saqlanmoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:52, 09.03.2026.
O'qildi: 1002 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик