Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm

O‘zbekiston kubogi. Saralashda 16 jamoa ishtirok etadi

O‘zbekiston kubogi. Saralashda 16 jamoa ishtirok etadi

Baho:
+ | -

8-may kuni O‘zbekiston kubogining guruh bosqichi start olishi rejalashtirilgan. Milliy jamoa 5-may sanasidan e’tiboran yig‘inga kirishishidan kelib chiqib, musobaqaning guruh bosqichida termaga jalb etilgan futbolchilar ishtirok etmaydi. O‘z navbatida Liga guruh bosqichiga qur’a tashlashda ishtirokchi klublarni savatlarga ajratadi.

Superliga va Proligadan jami 29 klub ishtirokini guruh bosqichidan boshlaydi. Qolgan uch yo‘llanma uchun esa 16 jamoa o‘zaro kurash olib boradi. Shularning 15 tasi Birinchi liga qatnashchisi bo‘lsa, FC Sonyc X havaskorlar jamoasi ham musobaqada ishtirok etish istagini bildirgan.

Joriy mavsumdan e’tiboran Birinchi liga qatnashchilari safiga qo‘shilgan Toshkent FA, Samarqand FA, Barkamol, Havoqand, Guliston, Azur, Sherdor va ular qatorida FC Sonyc X jamoalari saralashning I bosqichida o‘zaro to‘rt juftlik hosil qiladi va ularning g‘oliblari keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

Toshkent VFA, Jizzax FA, Navoiy FA, Qoraqalpog‘iston FA, Ahmedov, Lokokmotiv BFK, Oqtepa, Do‘stlik kabi o‘tgan mavsumda ham Birinchi ligada to‘p surgan klublar o‘z yurishini II bosqichdan boshlaydi. Ular qatoriga I bosqichning to‘rt g‘olibi qo‘shiladi va natijada umumiy 12 ishtirokchi olti juftlik hosil qiladi. G‘oliblar hal qiluvchi bosqichga yo‘llanma oladi.

III saralash bosqichida 6 ishtirokchi uch juftlik hosil qiladi. Mazkur bellashuvlarda zafar quchgan klublar O‘zbekiston kubogining guruh bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

Saralash bosqichiga 10-mart kuni qur’a tashlanadi. O‘yinlar 20-mart sanasidan e’tiboran start oladi. Barcha bellashuvlarga Ahmedov futbol maktabi maydoni mezbonlik qiladi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 06:41, 10.03.2026.
O'qildi: 208 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.