Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

"Al-Ittihod" yulduzi Yevropa grandlari orasida talash bo‘lmoqda

"Al-Ittihod" yulduzi Yevropa grandlari orasida talash bo‘lmoqda

Baho:
+ | -

«Chelsi», «Liverpul», «Tottenxem», «Nyukasl», «Inter», «Bavariya» va Dortmundning «Borussiya» klublari 26 yoshli fransiyalik hujumchi Mussa Diabini qo‘lga kiritish uchun kurash olib bormoqda. Bu haqda Fussball-Daten nashri xabar bermoqda.

Ayni damda hujumchi Saudiya Arabistonining «Al-Ittihod» jamoasida to‘p surmoqda. Shu bilan birga, fransiyalik futbolchining o‘zi ham Yevropaga qaytish istagini bildirmoqda. Eslatib o‘tamiz, Diabi avvalroq «PSJ», «Bayer» va «Aston Villa» kabi klublar sharafini himoya qilgan.

Fransiyalik vinger 2024 yildan buyon «Al-Ittihod» tarkibida harakat qilmoqda. Joriy mavsumda hujumchi Saudiya Arabistoni chempionatida 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 17:02, 10.03.2026.
O'qildi: 1119 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик