Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Superliga, 4-tur. «Nasaf» — «Surxon» Samarqandda, «So‘g‘diyona» — «Paxtakor» Toshkentda o‘tkaziladi

Superliga, 4-tur. «Nasaf» — «Surxon» Samarqandda, «So‘g‘diyona» — «Paxtakor» Toshkentda o‘tkaziladi

Baho:
+ | -

Superliganing 4-turi doirasidagi «Nasaf» — «Surxon» uchrashuvi Samarqand shahridagi «Dinamo» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumki, «Nasaf» jamoasi uy uchrashuvlarini G‘uzordagi Markaziy stadionda o‘tkazib kelayotgan edi. Biroq, hozirda G‘uzor shahridagi Markaziy stadion Superliga uchrashuvlarini qabul qilish uchun talab darajasiga javob bermaydi. Shu bois «Nasaf» klubi Superliganing 4-turidan o‘rin olgan uchrashuvini «Dinamo» stadionida o‘tkazish bo‘yicha shartnoma imzolab, Ligani xabardor qildi. Uchrashuv taqvimga muvofiq 20 mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, Jizzaxning «So‘g‘diyona» klubi «Paxtakor»ga qarshi 4-tur uchrashuvini Toshkentdagi «Paxtakor» stadionida o‘tkazish bo‘yicha Ligaga rasmiy murojaat yo‘lladi. Ma’lumot uchun, «So‘g‘diyona» jamoasi uy o‘yinlarini Zomindagi stadionda o‘tkazishni rejalashtirgan edi. Biroq, ayni paytda stadionda Superliga talablariga mos holatga keltirish maqsadida qurilish va ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Shu sababli «So‘g‘diyona» — «Paxtakor» uchrashuvi, avval belgilanganidek, 20 mart kuni o‘tkaziladi. Bunda «So‘g‘diyona» jamoasi rasman mezbon maqomida maydonga tushadi.

Shuningdek, jamoalarning ikkinchi davradagi o‘zaro uchrashuvi ham taqvimga ko‘ra «Paxtakor» stadionida o‘tkaziladi va unda «Paxtakor» mezbon sifatida ishtirok etadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:40, 10.03.2026.
O'qildi: 1334 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик