Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti

"Barselona"da Xulian Alvaresning transfer imkoniyatlari baholandi

"Barselona"da Xulian Alvaresning transfer imkoniyatlari baholandi

Baho:
+ | -

«Barselona» prezidenti Joan Laporta kataloniyaliklarning «Atletiko» hujumchisi Xulian Alvaresga bo‘layotgan qiziqishi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.

«Xulian Alvares — «Barselona» tizimiga juda yaxshi mos tusha oladigan ajoyib futbolchi. Biroq u transferi uchun juda katta mablag‘ to‘lanishi kerak bo‘lgan o‘yinchi emas. Avvalo, uning o‘zi transferga tayyor ekanligini ko‘rsatishi lozim. Shuningdek, narx ham maqbul bo‘lishi kerak», — deya Laportaning so‘zlarini keltiradi Carpetas Blaugranas.

Xulian Alvares 2024 yilda «Manchester Siti»dan 75 million yevro evaziga «Atletiko»ga o‘tgan edi. Uning «matraschilar» bilan shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsumda argentinalik futbolchi madridliklar safida barcha musobaqalarda 40 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 23:15, 10.03.2026.
O'qildi: 1679 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик