Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:00 So‘g‘diyona - Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor - Lokomotiv

Mikel Arteta: «Biz ko‘p narsaga erishdik, lekin...»

Mikel Arteta: «Biz ko‘p narsaga erishdik, lekin...»

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasidagi «Bayer»ga qarshi o‘yin oldidan jamoasining istiqbollari haqida gapirdi.

Chorshanba kuni «kanonirlar» Leverkuzenda «dorishunoslar»ga qarshi bahs olib boradilar. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 22:45 da start oladi. O‘yin boshlanishidan avval jurnalistlar ispaniyalik mutaxassisdan uning jamoasi turnirda oxirigacha (finalgacha) bora olishiga ishonishi haqida so‘rashdi.

«Men bugungi kun bilan yashayman, lekin kelajakka optimizm bilan qarayman. Men bor kuchimni ishga solyapman va futbolchilarni ham xuddi shunday kayfiyatda bo‘lishlari uchun ruhlantirishga harakat qilyapman. Ushbu mavsumda hali qilishimiz kerak bo‘lgan ishlar juda ko‘p. Biz ko‘p narsaga erishdik, ammo eng muhimi hali oldinda va bularning barchasi ertaga boshlanadi», — dedi Arteta matbuot anjumanida.

Javob uchrashuvi 17 mart kuni Londonda bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 13:22, 11.03.2026.
O'qildi: 842 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик