"Nant" bosh murabbiy almashganini e’lon qildi.
Liga 1 turnir jadvalida oxirgidan bitta oldingi pog‘onada borayotgan klub, chempionatning so‘nggi 8 ta o‘yinida 7 ta mag‘lubiyat qayd etilganidan so‘ng Axmed Kantari bilan xayrlashdi.
Jamoani mavsum yakuniga qadar 73 yoshli Vaxid Xalilxojich boshqaradi. Bosniyalik mutaxassis avval ham, 2018 yildan 2019 yilgacha "Nant"da faoliyat yuritgan edi.













