Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon 0-0 Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv 0-0 Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro 1-1 Xorazm
11/03 22:45 Bayer 1-1 Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

Tyago Pitarch «Real»da Raulning 30 yillik rekordini yangiladi

Tyago Pitarch «Real»da Raulning 30 yillik rekordini yangiladi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Tyago Pitarch «Manchester Siti»ga qarshi bahsda maydonga tushib, Chempionlar ligasida klub rekordini o‘rnatdi. Opta nashrining xabar berishicha, jamoa tarbiyalanuvchisi bo‘lgan ushbu yosh iqtidor sohibi «qaymoqranglilar» safida turnirning pley-off bosqichida asosiy tarkibda maydonga tushgan eng yosh ispaniyalik futbolchiga aylandi (18 yosh-u 220 kunlik). Shu tariqa, xavbek bundan roppa-rosa 30 yil avval «Yuventus»ga qarshi bahsda 18 yosh-u 253 kunligida asosiy tarkibda qayd etilgan afsonaviy Raulning rekordini yangiladi.

«Real» 1/8 finalning ilk uchrashuvida «Manchester Siti»ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Tyago Pitarch 76-daqiqagacha harakat qildi va shundan so‘ng zaxiraga olindi. Javob o‘yini 17 mart kuni «shaharliklar» maydonida bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, Raul Madrid grandining asosiy jamoasida 1994 yildan 2010 yilga qadar to‘p surgan.

Kiritildi: 11:43, 12.03.2026.
O'qildi: 650 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.