Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:00 So‘g‘diyona - Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor - Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche

"Chelsi" "PSJ"ga 2:5dan so‘ng tekshiruv o‘tkazadi

"Chelsi" "PSJ"ga 2:5dan so‘ng tekshiruv o‘tkazadi

Baho:
+ | -

Chempionlar ligasi 1/8 finalining dastlabki uchrashuvida «Chelsi» safarda «PSJ»ga 2:5 hisobida imkoniyatni boy berdi. Biroq o‘yin boshlanishidan sakkiz soat oldin London jamoasining boshlang‘ich tarkibi matbuotga sizib chiqqani natijadan ham ko‘proq muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Endi «aristokratlar» qarorgohida ushbu holat bo‘yicha ichki surishtiruv o‘tkaziladi.

«Tarkibning sizib chiqishi? Men bu haqda bilmas edim. Ishonchim komilki, biz bu masalaga oydinlik kiritamiz va hammasini hal qilamiz», — dedi jurnalistlarga «Chelsi» bosh murabbiyi Liam Rosenyor.

«Chelsi» navbatdagi o‘yinini shanba kuni, 14 martda Premyer-liga doirasida o‘z maydonida «Nyukasl»ga qarshi o‘tkazadi. Oradan yana uch kun o‘tib, 17 martda Rosenior shogirdlari Chempionlar ligasi javob bahsida «PSJ»ni qabul qilishadi. Uchta to‘p farqini yo‘qqa chiqarish va vaziyatni o‘nglash jamoa uchun juda qiyin vazifa bo‘lishi kutilmoqda.

Kiritildi: 17:35, 12.03.2026.
O'qildi: 1597 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик