"Barselona" markaziy yarim himoyachisi Gavi shifokorlardan o‘yinlarda ishtirok etishga ruxsatnoma olish arafasida turibdi.
21 yoshli ispaniyalik futbolchi tizzasidagi muammolardan to‘liq qutildi. U yakshanba kuni bo‘ladigan "Sevilya"ga qarshi o‘yinda jamoa qaydnomasida bo‘ladi.
Transfermarkt 40 millionga baholayotgan Gavi bu mavsumda 2 ta o‘yinda 1 ta assist muallifi bo‘ldi.













