Kirish Ro'yxatdan o'tish

Arteta faoliyatini o‘zgartirib yuborgan murabbiy kim ekanligini aytdi

Arteta faoliyatini o‘zgartirib yuborgan murabbiy kim ekanligini aytdi

Baho:
+ | -

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta o‘z vaqtida "Everton"da uning qo‘l ostida to‘p surgan Devid Moyes haqida fikr bildirdi. Shanba kuni Arteta va Moyes "kanonirlar" va "irislar" o‘rtasidagi bahsda raqib sifatida to‘qnash kelishadi.

"Men joriy mavsumda Moyes va uning shtabi a’zolari bilan bir necha bor gaplashdim. Moyesdan juda minnatdorman. U mening faoliyatimni o‘zgartirib yuborgan. U meni "Everton"ga taklif qilgan va faoliyatimni, futbolchi sifatidagi qiyofamni butkul o‘zgartirgan. Biz birgalikda ko‘plab ajoyib lahzalarni boshdan kechirganmiz. Moyes — APL tarixidagi eng buyuk murabbiylardan biri. Turli klublarda bunday barqarorlikni saqlab qolish juda qiyin. Odamlar buni qadrlashlari kerak. U ham buyuk damlarni, ham qiyin vaqtlarni boshidan o‘tkazdi, lekin doimo o‘zini bir xil tutdi", — dedi Arteta jurnalistlarga.

"Arsenal" va "Everton" o‘rtasidagi uchrashuv 14 mart kuni Toshkent vaqti bilan 22:30 da boshlanadi.

Kiritildi: 22:43, 13.03.2026.
O'qildi: 1056 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик