Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/08 19:30 Andijon 0-0 Paxtakor
01/08 20:30 Buxoro 2-1 Lokomotiv
02/08 19:30 Navbahor - Xorazm
02/08 20:00 Mash’al - So‘g‘diyona
02/08 20:30 Qizilqum - Bunyodkor
03/08 19:30 Qo‘qon-1912 - Surxon
03/08 20:00 OKMK - Nasaf
03/08 20:30 Dinamo - Neftchi

"Arsenal" futbolchisini "Yuventus" qo‘lga kiritmoqchi

"Arsenal" futbolchisini "Yuventus" qo‘lga kiritmoqchi

Baho:
+ | -

Huquqlari Londonning «Arsenal» klubiga tegishli bo‘lgan himoyachi Yakub Kivyor Italiya A Seriyasining top-klubida faoliyatini davom ettirish variantiga ega. Joriy mavsumda polshalik futbolchi ijara asosida «Portu» safida to‘p surmoqda.

Tuttosport nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Turinning «Yuventus» klubi himoyachini o‘z safiga qo‘shib olishdan manfaatdor. Shu bilan birga, «Portu» ham 25 million yevro miqdoridagi sotib olish opsiyasini faollashtirish orqali futbolchini o‘z safida qoldirishi mumkin.

Joriy mavsumda Yakub Portugaliya chempionatining 18 ta uchrashuvida ishtirok etdi. Polshalik futbolchi bitta golli uzatmani amalga oshirdi va bitta sariq kartochka oldi.

Kivyorning Portugaliya grandi bilan ijara shartnomasi joriy mavsum yakunida nihoyasiga yetadi.

Kiritildi: 16:31, 14.03.2026.
O'qildi: 1653 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик