Kirish Ro'yxatdan o'tish

Sherki o‘z kumirlarini sanadi

Sherki o‘z kumirlarini sanadi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti»ning hujumkor yarim himoyachisi Rayan Sherki o‘zining o‘yin uslubi, shuningdek, kumirlari haqida gapirib berdi.

«Futbol mening ishimga aylandi. Lekin men futbolni sevishimga sabab bo‘lgan uslubda o‘ynashga harakat qilaman. Bu Eden Azar, Neymar, Ronaldinyo, Krishtianu Ronaldu va Messining futbolidir», — deya xavbekning so‘zlaridan iqtibos keltiradi L’Équipe.

Sherki 2025 yilning yozidan beri Angliyada to‘p surmoqda — 22 yoshli futbolchi Fransiyaning «Lion» klubidan «Manchester Siti»ga o‘tgan edi. Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha turnirlarda 38 ta o‘yinda ishtirok etib, to‘qqizta gol va o‘nta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fransiyalik futbolchining «shaharliklar» bilan shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 19:43, 14.03.2026.
O'qildi: 827 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик