Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli 4-0 Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

O‘zbekiston Superkubogi-2026. Islombek Ismoilov va Anvarjon G‘ofurovning final oldi fikrlari

O‘zbekiston Superkubogi-2026. Islombek Ismoilov va Anvarjon G‘ofurovning final oldi fikrlari

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston Superkubogi o‘yini oldidan matbuot anjumani tashkil etildi. Ushbu marosimning ikkinchi qismida «Neftchi» jamoasi ustozi Islombek Ismoilov va jamoa sardori Anvarjon G‘ofurov ishtirok etdi.

«Neftchi» ustozi ushbu anjumanda quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

«Avvalo hammaga Assalomu alaykum. Ertangi o‘yinga yetarlicha tayyorgarlik ko‘rdik. Finallarda taktikadan ko‘ra, futbolchilar xarakteri ko‘p narsani hal qiladi. Umid qilamanki, futbolchilarim g‘alabaga munosib o‘yin ko‘rsata oladilar.

Har bir jamoa tezkor golni xohlaydi. Jumladan biz ham. Bunga albatta harakat qilamiz.

Ikrom Aliboyev ertangi o‘yinga 100 foiz tayyor.

Jamoamni «Paxtakor» bilan solishtirmagan bo‘lardim. Jamoada hozir g‘alabaga xohish yuqori. Shuningdek, kayfiyat ham. Raqibdan ustun tomonlarimizni gap bilan emas, amalda maydonda ko‘rsatmoqchimiz.

Doimiy ravishda hujumkor futbol ko‘rsatishni iloji yo‘q. Hujum va himoya futbolning ajralmas bir qismi.

Raqibni chuqur o‘rganib chiqdik. Mayda detallarga ham ahamiyat qaratdik. Lekin aynan qaysidir futbolchiga qarshi personal o‘ynash niyatimiz yo‘q.

Finalda favorit yo‘q. Finalda istalgan natija bo‘lishi mumkin. Ushbu bahsda xohish va istak birinchi o‘ringa chiqadi».

Shuningdek, jamoa himoyachisi Anvarjon G‘ofurov ham quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

«Avvalo Assalomu alaykum. Ramazon oyi bilan hammani tabriklayman. O‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. Bu o‘yinga 100 foiz tayyormiz.

Albatta bu final, hayajon bo‘lishi aniq. Bu bizning birinchi Superkubogimiz. Lekin kayfiyat yuqori. Finalga tayyormiz».

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 21:28, 14.03.2026.
O'qildi: 1082 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик