Kirish Ro'yxatdan o'tish

Turkiya Superligasi. "Galatasaroy" bir kishi kam bo‘lib qolgan "Bashakshehir" darvozasiga javobsiz 3 ta gol kiritdi

Turkiya Superligasi. "Galatasaroy" bir kishi kam bo‘lib qolgan "Bashakshehir" darvozasiga javobsiz 3 ta gol kiritdi

Baho:
+ | -

Turkiya chempionati 26-turida "Galatasaroy" o‘z maydonida "Bashakshehir"ni qabul qildi va yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yinning 56-daqiqasida mehmonlar himoyachisi Festi Ebosele ikkinchi sariq kartochkasini olgan holda maydonni tark etdi. Shundan so‘ng mezbonlar 3 ta gol urishdi: 57-daqiqada Vilfrid Singo, 66-daqiqada Viktor Osimxen, 84-daqiqada Renato Nxaga gollarga mualliflik qilishdi.

Hamyurtimiz Eldor Shomurodov "Bashakshehir" safida asosiy tarkibda maydonga tushdi va 70-daqiqada zaxiraga olindi. Abbosbek Fayzullayev qaydnomaga kiritilmadi.

"Galatasaroy" 64 ochko bilan turnir jadvalida yakka peshqadam bo‘lib oldi. "Bashakshehir" 42 ochko bilan 6-pog‘onada.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 00:07, 15.03.2026.
O'qildi: 1344 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик