Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

A Seriya. «Napoli» «Lechche»ni irodali tarzda mag‘lub etdi

A Seriya. «Napoli» «Lechche»ni irodali tarzda mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

«Napoli» o‘z maydonida Italiya chempionatining 2025/26 yilgi mavsumi 29-turi doirasida «Lechche» ustidan g‘alaba qozondi — 2:1. O‘yin «Diyego Armando Maradona» stadionida bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvning 3-daqiqasidayoq mehmonlar himoyachisi Jamil Zibert hisobni ochdi. Shundan so‘ng, mezbonlar futbolchilari Rasmus Xyoylund (47-daqiqa) va Matteo Politano (67-daqiqa) ikkita gol urib, jamoasiga g‘alaba keltirishdi.

«Napoli» ketma-ket uchinchi o‘yinda g‘alaba qozondi. Jamoa 59 ochko bilan Seriya A turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi. «Lechche» esa 27 ochko bilan 16-pog‘onada bormoqda.

Italiya Seriya A. 29-tur
14.03.2026 | 22:00
«Diyego Armando Maradona», Neapol

«NAPOLI» — «LECHCHE» — 2:1
Gollar: Zibert 3 (0:1), Xyoylund 46 (1:1), Politano 67 (2:1).

«Napoli»: Meret, Buondjorno, Olivera, Bekema, Gilmor, Zambo Angissa (Maktominay, 46), Spinassola (Gutyerres, 73), Politano (Massokki, 73), Elmas (De Breyne, 46), Santos (Djovane, 85), Xyoylund.

«Lechche»: Falkone, Zibert, Tiagu Gabriel, Gallo (Ndaba, 79), Veyga, Ramadani, Ngom (Fofana, 86), Kulibali (Gandelman, 46), Banda, Pyerotti (N`Dri, 79), Shtulich (Cheddira, 59).

Ogohlantirish: Zibert (19).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 01:08, 15.03.2026.
O'qildi: 1011 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик