Kirish Ro'yxatdan o'tish

SPL. «An-Nasr» mehmonda «Al-Xalij»ni yer tishlatdi (Videosharh)

SPL. «An-Nasr» mehmonda «Al-Xalij»ni yer tishlatdi (Videosharh)

Baho:
+ | -

Saudiya Pro-ligasining 2025/2026 yilgi mavsumi 26-turidan o‘rin olgan «Al-Xalij» va «An-Nasr» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. O‘yin «Prins Muhammad bin Fahd» (Ad-Dammam, Saudiya Arabistoni) stadionida bo‘lib o‘tdi. Unda mehmonlar 5:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

O‘yinda hisobni 30-daqiqada mehmonlar hujumchisi Abdulla Al-Xamdan ochdi. Ikkinchi bo‘limning 54-daqiqasida hujumchi Ayman Yahyo «An-Nasr»ning ustunligini oshirdi. 73-daqiqada Joau Feliks hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. Oradan olti daqiqa o‘tib, Joau Feliks dublni rasmiylashtirdi. Uchrashuv yakunida, 90+2-daqiqada Gabriel Anjelo yakuniy hisobni o‘rnatdi — 5:0.

Saudiya Arabistoni chempionatining 26 ta o‘yinidan so‘ng «An-Nasr» 67 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Al-Xalij» esa 30 ochko bilan 11-pog‘onada bormoqda.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 05:10, 15.03.2026.
O'qildi: 1889 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик