Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Barselona" prezidentligi uchun ovoz berish jarayoni boshlandi

"Barselona" prezidentligi uchun ovoz berish jarayoni boshlandi

Baho:
+ | -

Yakshanba, 15 mart kuni «Barselona» prezidenti lavozimi uchun ovoz berish jarayoniga start berildi.

Asosiy kurash ikki bosh nomzod — amaldagi prezident Joan Laporta va uning asosiy raqibi Viktor Font o‘rtasida kechishi kutilmoqda. Har ikki da’vogar jamoa rivoji va klubning iqtisodiy modeli borasida turli xil yo‘nalishlarni taklif etmoqda.

«Barselona» klubining yakkayu yagona egasi yo‘q — klub uning a’zolari («sosyos») tomonidan boshqariladi. Aynan ular 2031 yilgacha klub prezidenti lavozimini egallaydigan shaxsni tanlab berishadi. Ovozlarni qabul qilish Markaziy Yevropa vaqti bilan soat 21:00 gacha (Toshkent vaqti bilan 16 martga o‘tar kechasi soat 01:00 gacha) davom etadi.

Kiritildi: 16:00, 15.03.2026.
O'qildi: 1136 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик