Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Flik "Barsa" rahbariyati oldiga o‘z talabini qo‘ydi

Flik "Barsa" rahbariyati oldiga o‘z talabini qo‘ydi

Baho:
+ | -

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik «Manchester Yunayted»dan ijaraga olingan hujumchi Markus Reshfordni doimiy asosda sotib olishni talab qilmoqda. O‘z navbatida, «ko‘k-anorranglilar» sport direktori Deku unga muqobil variant sifatida «Chelsi» vingeri Pedru Netu nomzodini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda The Touchline nashri o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar berdi.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, germaniyalik mutaxassis Dekuga 28 yoshli ingliz futbolchisi hujumning chap qanotini kuchaytirish uchun asosiy variant ekanligini bildirgan. «Manchester Yunayted» bilan muzokaralar qiyin kechayotganiga qaramay, Flik jamoada Reshforddan boshqa hech kimni ko‘rishni istamayapti.

Avvalroq OAVda «Barselona» hujumchini «Manchester Yunayted»dan 30 million yevroga sotib olishga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Reshford Kataloniya jamoasi safida barcha turnirlarda 38 ta o‘yin o‘tkazib, 10 ta gol va 13 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portalida taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 40 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 17:42, 15.03.2026.
O'qildi: 7500 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик