Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

APL chempionligi uchun da’vogar jamoalar “Nyukasl” himoyachisi uchun kurashadi

APL chempionligi uchun da’vogar jamoalar “Nyukasl” himoyachisi uchun kurashadi

Baho:
+ | -

Angliyaning “Liverpul”, “Arsenal”, “Manchester Siti”, Germaniyaning “Leypsig” va “Borussiya Dortmund” klublari 21 yoshli “Nyukasl” himoyachisi Lyuis Xollni kuzatib bormoqda. Biroq, ushbu klublardan hech biri futbolchiga rasmiy taklif yo‘llamagan. Bu haqda Caught Offside nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Nyukasl” Xollni sotishni hohlamaydi, ammo klub buni amalga oshirishga qaror qilsa, transfer qiymati 65–70 mln funt sterlingni (taxminan 75–80 mln yevro) tashkil etadi. Shu bilan birga, klub transfer byudjetini boshqa futbolchilarni sotish orqali muvozanatlashni rejalashtirayotgani ta’kidlangan.

Joriy mavsumda himoyachi barcha musobaqalarda 39 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol va bitta assist qayd etgan. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt portalidagi ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 35 mln yevroni tashkil qiladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 19:58, 15.03.2026.
O'qildi: 1134 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик