Joan Laporta yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan saylovlarda g‘alaba qozonib, yana besh yil davomida "Barselona" prezidenti bo‘lib qoladi.
"Ovoz bergan barchaga rahmat. Biz demokratik klubmiz va faxr bilan aytishim mumkinki, a’zolarning aksariyati bizning ishimizga ishonishadi va biz uni davom ettirishimizni xohlashadi.
Bu buyuk klubning vakili bo‘lish katta sharaf. Murabbiylar shtabidagi Flik, Deku, Boyan Krkich va bizga ovoz bergan barchaga rahmat", - dedi Laporta.













