Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

«Milan» sport direktori Modrichning shartnomasi bilan bog‘liq vaziyatga oydinlik kiritdi

«Milan» sport direktori Modrichning shartnomasi bilan bog‘liq vaziyatga oydinlik kiritdi

Baho:
+ | -

«Milan» sport direktori Igli Tare Luka Modrichning shartnomasi bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi.

40 yoshli futbolchining amaldagi kelishuvi joriy mavsum yakunida nihoyasiga yetadi, biroq xorvatiyalik futbolchining xohishiga ko‘ra, shartnoma avtomatik tarzda yana bir yilga uzaytirilishi mumkin.

«Biz Modrichni yaxshi ko‘ramiz, Modrich esa «Milan»ni yaxshi ko‘radi. Biz uni jamoada olib qolishga va shartnomani yana bir yilga uzaytirishga tayyormiz. Biz uchun bu oddiy qaror, ammo hammasi uning istagiga bog‘liq», — dedi Tare.

Luka Modrich o‘tgan yilning yozida Madridning «Real» klubidan erkin agent sifatida «rossonerilar» safiga kelib qo‘shilgan edi. Italiyaga ko‘chib o‘tgunga qadar yarim himoyachi 13 yil davomida «qaymoqranglilar» sharafini himoya qilgan.

Kiritildi: 12:53, 16.03.2026.
O'qildi: 564 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик