Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio 3-3 Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor

Finalissima bekor qilingach, Ispaniya termasi mart oyida kimga qarshi o‘ynashi ma’lum bo‘ldi

Finalissima bekor qilingach, Ispaniya termasi mart oyida kimga qarshi o‘ynashi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Futbol bo‘yicha Ispaniya milliy terma jamoasi bekor qilingan Finalissima o‘rniga Serbiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Bu haqda Ispaniya Qirollik futbol federasiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuv Ispaniyaning Vilyarreal shahrida joylashgan «Keramika» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Ma’lum qilinishicha, dastlab shu kuni amaldagi Yevropa chempioni Ispaniya terma jamoasi Argentinaga qarshi Finalissima doirasida maydonga tushishi kerak edi. Janubiy Amerika jamoasi 2024 yilgi Amerika kubogi g‘olibi va 2022 yilgi jahon chempioni hisoblanadi.

Qatarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan mazkur uchrashuv Yaqin Sharqdagi voqealar sabab UYEFA va KONMEBOL qarori bilan bekor qilingan.

Bundan tashqari, «Qizil furiya» 30 mart kuni Qatarda Misr terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi ham rejalashtirilgan edi. Ammo bu bahs ham bekor qilindi.

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente mart oyidagi o‘rtoqlik uchrashuvlari uchun jamoa tarkibini 20 mart kuni e’lon qiladi.

O‘rtoqlik uchrashuvi
27 mart 2026 yil
Ispaniya — Serbiya

Manba: championat.com
Kiritildi: 07:15, 17.03.2026.
O'qildi: 961 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик