Angliya Premyer-ligasining 30-turida "Brentford" va "Vulvz" bahsi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv dushanba kuni o‘tkazilib, 2:2 hisobida yakunlandi.
Natijada, "bo‘rilar" 2022 yil dekabr oyidan beri Angliya Premyer-ligasida dushanba kuni ilk bor mag‘lubiyatdan qutulib qoldi.
To‘rt yildan beri jamoa haftaning shu kunida olti marta mag‘lubiyatga uchradi.













