Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

"Barsa" futbolchisining narxi keskin ko‘tarildi

"Barsa" futbolchisining narxi keskin ko‘tarildi

Baho:
+ | -

Transfermarkt portalining so‘nggi yangilanishiga ko‘ra, Fermin Lopesning bozor qiymati 100 million yevroga yetdi.

«Barselona» yarim himoyachisi murabbiy Xansi Flik qo‘l ostida ajoyib mavsumni o‘tkazmoqda — u 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol va 15 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Ushbu mavsumdagi samarali ko‘rsatkichlaridan so‘ng, futbolchining bahosi 70 million yevrodan 100 million yevroga ko‘tarildi va bu 43 foizlik o‘sishni anglatadi. Bunday ko‘tarilish Ferminni jahon futbolidagi eng qimmat 20 nafar futbolchi qatoriga olib kirdi va uning «Barselona» yarim himoyasidagi roli tobora ortib borayotganini yaqqol ko‘rsatdi.

«Ko‘k-anorranglilar»ning boshqa a’zolarida ham ijobiy o‘sish kuzatildi. Xususan, Mark Bernal jarohatdan so‘ng safga qaytib, asosiy tarkibdan mustahkam o‘rin egallagani bois, uning narxi 10 million yevrodan 30 million yevrogacha ko‘tarildi.

Shu bilan birga, Pedri 150 million yevrolik ko‘rsatkich bilan dunyoning eng qimmatbaho futbolchilari qatorida qolmoqda. U bu borada faqat Lamin Yamal, Erling Xoland va Kilian Mbappedan ortda qolmoqda.

Kiritildi: 10:29, 17.03.2026.
O'qildi: 2988 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик