Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina 0-0 Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano 3-3 Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa 0-2 Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo 1-2 Elche
26/04 21:00 Torino 2-2 Inter
26/04 21:30 Osasuna 2-1 Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

"Real"ning Gyulerning klubdagi kelajagi bo‘yicha pozisiyasi ma’lum bo‘ldi

"Real"ning Gyulerning klubdagi kelajagi bo‘yicha pozisiyasi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

The Athletic nashrining xabar berishicha, «Real Madrid» Arda Gyulerdan katta umidlar kutmoqda va klub uni yaqin kelajakda jamoaning eng ta’sirli futbolchilaridan biriga aylanishini bashorat qilmoqda.

Manbaning qo‘shimcha qilishicha, «Real Madrid» rahbariyati o‘z umidlarini Gyulerga allaqachon yetkazgan, ayniqsa, Xabi Alonso iste’foga chiqarilganidan keyin bu ishonch yanada ortgan.

Gyuler yakshanba kuni «Elche»ga qarshi kechgan va 4:1 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan o‘yinda uzoq masofadan gol urib, o‘zining o‘yin tashkil etish qobiliyatini yana bir bor isbotladi.

Arda «Manchester Siti»ga qarshi Chempionlar Ligasining muhim bahsida asosiy tarkibda maydonga tushadimi, degan savolga bosh murabbiy Alvaro Arbeloa shunday javob berdi: «Uning «Elche» darvozasiga urgan goli hayratlanarli edi. Ajoyib gol. Va Xoland bilan bo‘lgan o‘sha to‘qnashuv...

Biz norvegiyalik hujumchini yaxshi qo‘riqlashimiz kerak va ixtiyorimizda qancha ko‘p futbolchi bo‘lsa, shuncha yaxshi. Menimcha, Arda yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Ko‘ramiz, ertaga buni takrorlay olarmikanmiz», — deya qo‘shimcha qildi Arbeloa.

Kiritildi: 10:50, 17.03.2026.
O'qildi: 1636 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик