Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

"Real" va "PSJ" Osimxen uchun kurashadi

"Real" va "PSJ" Osimxen uchun kurashadi

Baho:
+ | -

"Galatasaroy" hujumchisi Viktor Osimxen faoliyatini top-klubda davom ettirishi mumkin.

Sportblits nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, shu yozda nigeriyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga "Real" va "PSJ" klublari qiziqish bildirmoqda. O‘tgan hafta har ikkala klub skautlari Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasidagi "Liverpul"ga qarshi kechgan birinchi o‘yinda ishtirok etishdi (o‘sha bahs 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangan edi).

"Real" Osimxenning transferi uchun 80 million yevro to‘lashga tayyor. "PSJ" esa hujumchiga bo‘lgan eski qiziqishini qayta tikladi — parijliklar nigeriyalikni hali 2024 yildayoq sotib olmoqchi bo‘lishgandi, biroq o‘shanda "Napoli" transfer bo‘yicha taklifni rad etgan edi.

Joriy mavsumda Viktor Osimxen "Galatasaroy" safida barcha turnirlarda 28 ta o‘yin o‘tkazib, 19 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 14:56, 18.03.2026.
O'qildi: 1328 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик