Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Chempionlar ligasi. «Barselona» ikkinchi taymda «Nyukasl»ni sochib tashladi

Chempionlar ligasi. «Barselona» ikkinchi taymda «Nyukasl»ni sochib tashladi

Baho:
+ | -

Yevropa Chempionlar ligasi 2025/2026 mavsumi 1/8 final javob uchrashuvida "Barselona" hamda "Nyukasl Yunayted" o‘rtasidagi bahs bo‘lib o‘tdi. O‘yin Barselona shahridagi "Kamp Nou" stadionida o‘tkazildi. Uchrashuvda "Barsa" 7:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Vaholanki, angliyaliklar birinchi bo‘limda keskin qarshilik ko‘rsatishdi. Buning uchun jamoa katta kuch sarflashiga to‘g‘ri keldi.

Mezbonlar futbolchisi Rafinya 6-daqiqada ham hisobni ochgan bo‘lsa, mehmonlar hujumchisi Entoni Elanga 15-daqiqada hisobni tenglashtirdi. 18-daqiqada Mark Bernal kataloniyaliklarni yana oldinga olib chiqdi. 28-daqiqada Elanga dubl qayd etdi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda Lamin Yamal penaltidan foydalanib, hisobni 3:2 ko‘rinishiga keltirdi.

Ikkinchi bo‘limda esa kataloniyaliklar raqibni butunlay tor-mor keltirishdi. Fermin Lopes 52-daqiqada to‘rtinchi golni urdi. Keyin esa Robert Levandovski 56 va 61-daqiqalarda gol urib, dubl qayd etdi. 72-daqiqada "Nyukasl" himoyachilarining qo‘pol xatosidan Rafinya o‘z hisobiga yana bir gol yozdi.

Eslatib o‘tamiz, birinchi uchrashuvda jamoalar 1:1 hisobida durang o‘ynagan edi.

Yevropa chempionlar ligasi, nimchorak final, javob o‘yini
"BARSELONA" - "NYUKASL" - 7:2
Gollar: Rafinya (6, 72), Mark Bernal (18), Lamin Yamal (45+7-penalti), Fermin Lopes (52), Robert Levandovski (56, 62) — Antoni Elanga (15, 28)
Dastlabki o‘yin — 1:1

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 00:41, 19.03.2026.
O'qildi: 1779 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик