Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

YECHL. «Enfild»dagi yirik g‘alaba: «Liverpul» «Galatasaroy»ni turnirdan chiqarib yubordi (Videosharh)

YECHL. «Enfild»dagi yirik g‘alaba: «Liverpul» «Galatasaroy»ni turnirdan chiqarib yubordi (Videosharh)

Baho:
+ | -

«Liverpul» Chempionlar ligasi 1/8 finalining javob uchrashuvida «Galatasaroy» ustidan 4:0 hisobida yirik g‘alabaga erishdi. O‘yin Angliyadagi «Enfild» stadionida bo‘lib o‘tdi.

Ingliz jamoasi yarim himoyachisi Dominik Soboslai 25-daqiqada hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim yakunida hujumchi Muhammad Saloh penaltini aniq amalga oshira olmadi. Ikkinchi bo‘lim boshida maydon egalari bir daqiqa ichida ikkita gol urishdi — Yugo Ekitike va Rayan Gravenberx o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. 56-daqiqada VAR «qizillar»ning to‘rtinchi golini bekor qildi, biroq 62-daqiqada Saloh baribir hisobni 4:0 ko‘rinishiga keltirdi.

Dastlabki bahsda «Galatasaroy» 1:0 hisobida g‘alaba qozongan edi. Shu tariqa, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra «Liverpul» Chempionlar ligasining chorak finaliga yo‘l oldi va u yerda «PSJ» bilan kuch sinashadi.

Chempionlar ligasi. 1/8 final
19.03.2026 | 01:00
«Enfild», Liverpul

«LIVERPUL» — «GALATASAROY» — 4:0
Gollar: Dominik Soboslai 25 (1:0), Yugo Ekitike 51 (2:0), Rayan Gravenberx 53 (3:0), Muhammad Saloh 62 (4:0).

Amalga oshirilmagan penalti: Muhammad Saloh 45+4 («Liverpul»).

Birinchi o‘yin: 0:1.

«Liverpul»: Alisson, van Deyk, Konate, Kerkez, Frimpong (Djons, 67), Gravenberx (Nyoni, 89), Virs (Kyeza, 89), Soboslai, Makallister, Saloh (Gakpo, 74), Ekitike (Ngumoxa, 89).

«Galatasaroy»: Ugurdjan Chakir, Abdyulkerim Bardakji (Eren Elmali, 73), Singo, Yakobs, Boe (Sane, 46), Torreyra (Yunus Akgyun, 60), Lemina, Sara, Barish Yilmaz, Sholloi, Osimxen (Lang, 46, Ikardi, 80).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 04:49, 19.03.2026.
O'qildi: 2312 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик