Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/07 23:59 Fransiya - Ispaniya
15/07 23:59 Angliya - Argentina

«Liverpul» va «Galatasaroy» o‘rtasidagi bahsning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

«Liverpul» va «Galatasaroy» o‘rtasidagi bahsning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Baho:
+ | -

«Liverpul» yarim himoyachisi Dominik Soboslai Chempionlar ligasi 1/8 finalining «Galatasaroy»ga qarshi kechgan javob uchrashuvida (4:0) eng yaxshi o‘yinchi deb topildi. Ushbu bahsda u bitta gol muallifiga aylandi.

«Soboslai hisobni ochdi, keyingi golda faol tashkilotchilik ko‘rsatdi va maydon markazida asosiy figura bo‘ldi. Ayniqsa, u jamoadoshlari bilan bog‘lamlar hosil qilishda, pas uzatishda, kontrpressing, to‘pni olib qo‘yish va qaytgan to‘plarga ega chiqishda yaqqol ajralib turdi», — deya ta’kidladi UEFA texnik kuzatuvchilari guruhi.

Dastlabki o‘yinda «Galatasaroy» 1:0 hisobida g‘alaba qozongan edi. Shu tariqa, ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra «Liverpul» Chempionlar ligasining chorak finaliga yo‘l oldi va u yerda «PSJ» bilan kuch sinashadi.

Kiritildi: 05:03, 19.03.2026.
O'qildi: 970 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик