O‘zbekiston milliy chempionatiga start berilgan 1992 yildan buyon ikki ko‘hna shahar – Samarqand va Buxoroning bosh jamoalari o‘zaro 52 marotaba to‘qnash kelgan.
1992 yildan 2000-yillarga qadar Samarqand jamoasi «Dinamo», «Maroqand» va «Afrosiyob» nomlari ostida turnirda qatnashgan bo‘lsa, Buxoro jamoasi «Nurafshon» va «Buxoro» nomi ostida ishtirok etgan.
Superliga va Pro liga tarixidagi o‘zaro o‘yinlarda 22 uchrashuvda «Buxoro», 19 o‘yinda esa «Dinamo»ning qo‘li baland kelgan. 11ta o‘yinda durang qayd etilgan. To‘plar nisbatida ustunlik «Dinamo» tomonida: 68:69. «Buxoro» o‘zaro o‘yinlarda 77 ochkoga ega bo‘lgan, «Dinamo» esa 68 ochkoni qo‘lga kiritgan. «Dinamo»ning «Buxoro» ustidan qozongan eng yirik g‘alabasi 4:1ga teng bo‘lsa, «Buxoro»ning tarixda «Dinamo» ustidan erishgan eng yirik g‘alabasi – 6:0.
«Buxoro» va «Dinamo». So‘nggi 11 yillik natijalar:
20.03.2015 «Buxoro» - «Dinamo» 1:1
08.08.2015 «Dinamo» - «Buxoro» 2:0
2016 yil: «Dinamo» Pro liga
15.04.2017 «Dinamo» - «Buxoro» 3:1
16.09.2017 «Buxoro» - «Dinamo» 0:0
2018 yil: «Dinamo» Pro liga
19.05.2019 «Buxoro» - «Dinamo» 0:0
27.08.2019 «Dinamo» - «Buxoro» - 0:3
2020 yil: «Dinamo» Pro liga
20.05.2021 «Dinamo» - «Buxoro» - 3:1 (Pro liga)
05.09.2021 «Buxoro» - «Dinamo» - 1:1 (Pro liga)
05.09.2021 «Buxoro» - «Dinamo» - 0:2 (Pro liga)
07.11.2021 «Dinamo» - «Buxoro» - 1:2 (Pro liga)
2022 yil: «Dinamo» - Superliga, «Buxoro» Pro liga
2023 yil: «Buxoro» - Superliga, «Dinamo» Pro liga
2024 yil: «Dinamo» - Superliga, «Buxoro» Pro liga;
2025 yil: «Buxoro» - «Dinamo» - 2:2
2025 yil: «Dinamo» - «Buxoro» - 4:1
«Buxoro»ning Superligada so‘nggi 3 o‘yindagi natijasi:
1-tur. Buxoro - Qo‘qon-1912 - 1:0
2-tur. Navbahor - Buxoro - 0:1
3-tur. Buxoro - Xorazm - 1:1
«Dinamo»ning Superligada so‘nggi 3 o‘yindagi natijasi:
1-tur. Dinamo - Navbahor - 1:2
2-tur. Bunyodkor - Dinamo - 1:2
3-tur. Dinamo - Nasaf - 1:1
«Dinamo» va «Buxoro»da to‘p surganlar...
Ushbu ikki jamoada to‘p surgan samarqandlik va buxorolik futbolchilar talaygina. Jumladan, Olim Tillayev, Mixail Fomin, Ilhom Yunusov, Asqar Muhiddinov, Artyom Filiposyan, Bahodir Nasimov singari samarqandlik taniqli futbolchilar o‘z vaqtida “Buxoro”da ham munosib to‘p surgan bo‘lishsa, Ulug‘bek Baqoyev, Jamshed Saidov, Shuhrat Fayziyev, Jasur Hasanov singari buxorolik futbolchilar o‘z vaqtida “Dinamo” safida ham muxlislar qalbidan o‘rin olgan.













