Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

Kurtuaning jarohati ancha jiddiy bo‘lishi mumkin

Kurtuaning jarohati ancha jiddiy bo‘lishi mumkin

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi darvozaboni Tibo Kurtua UEFA Chempionlar ligasi chorak finali doirasida Myunxenning «Bavariya» jamoasiga qarshi kechadigan bahslarni o‘tkazib yuborish xavfi ostida turibdi.

The Madrid Zone ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi xabar berishicha, belgiyalik posbonga dastlabki tashxislarga ko‘ra yaqinlashtiruvchi mushakning yirtilishi tashxisi qo‘yilgan. Agar ushbu tashxis o‘z tasdig‘ini topsa, Kurtua yaqin oradagi uchrashuvlarda o‘z jamoasiga yordam bera olmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasi 1/8 finalida «qirollik klubi» «Manchester Siti»dan ustun kelgan edi. Birinchi o‘yinda Alvaro Arbeloa shogirdlari 3:0 hisobida g‘alaba qozonishgan bo‘lsa, javob bahsida ham 2:1 hisobida zafar quchib, ustunlikni mustahkamlashgandi.

Kiritildi: 12:50, 19.03.2026.
O'qildi: 1273 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик