Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

«Borussiya» sobiq yulduzini tekinga qo‘lga kiritmoqchi

«Borussiya» sobiq yulduzini tekinga qo‘lga kiritmoqchi

Baho:
+ | -

Dortmundning «Borussiya» klubi yana Jeydon Sancho bilan shartnoma imzolashi mumkin.

The Times nashrining xabariga ko‘ra, Dortmund klubi 25 yoshli vingerni yozda erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda. Biroq, futbolchi maoshining sezilarli darajada kamayishiga rozi bo‘lishiga to‘g‘ri keladi — «Manchester Yunayted»da u haftasiga taxminan 300 ming funt sterling ishlab topadi. Shunga qaramay, «Borussiya» futbolchining bu shartga rozi bo‘lish ehtimolini optimistik baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Sancho 2021 yilda «Borussiya»dan «Manchester Yunayted»ga 73 million funt evaziga o‘tgan edi. 2023/24 yilgi mavsumda dortmundliklar futbolchini ijaraga olishgandi.

Joriy mavsumda Jeydon «Aston Villa» sharafini himoya qilmoqda. APLning 18 ta o‘yinida u bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 13:35, 19.03.2026.
O'qildi: 1052 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик