Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Karlo Anchelotti Florentino Peresga braziliyalik futbolchi nomzodini tavsiya qildi

Karlo Anchelotti Florentino Peresga braziliyalik futbolchi nomzodini tavsiya qildi

Baho:
+ | -1

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti «Nyukasl Yunayted» yarim himoyachisi Bruno Gimaraynsning Madridning «Real» klubiga ehtimoliy o‘tishini qo‘llab-quvvatladi. Italiyalik mutaxassis 28 yoshli futbolchi nomzodini «qaymoqranglilar» prezidenti Florentino Peresga tavsiya qildi va bu o‘yinchi ayni damda jamoaga aynan kerak bo‘lgan nomzod ekanligini ta’kidladi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, Anchelotti «Real»da murabbiylik qilgan davridayoq, xususan 2022 yilda, klub Gimaraynsni sotib olishini istagan edi. Italiyalik mutaxassis braziliyalik yarim himoyachida Luka Modrich va Toni Kroosning vorisini ko‘rgan.

Joriy mavsumda Gimarayns barcha turnirlarda 35 ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 9 ta gol va 7 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 75 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 22:38, 19.03.2026.
O'qildi: 8568 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик