Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

UEFA o‘yinlarni telekanallarsiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etishni rejalashtirmoqda

UEFA o‘yinlarni telekanallarsiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etishni rejalashtirmoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

UEFA Chempionlar ligasi o‘yinlarini telekanallar ishtirokisiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qilish imkonini beruvchi shaxsiy onlayn-servisini ishga tushirmoqchi. Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda.

Hozircha loyiha boshlang‘ich bosqichda turibdi. Uni Yevropa klublar o‘rtasidagi turnirlarining tijoriy huquqlari uchun mas’ul bo‘lgan UC3 kompaniyasi boshqarmoqda. Rejaga ko‘ra, ushbu servis Osiyo mamlakatlarida, katta ehtimol bilan, translyasiya huquqlari hali to‘liq taqsimlanmagan Hindiston yoki Indoneziyada sinovdan o‘tkaziladi.

Hozirgi vaqtda efirlarga kirish pullik, qisman pullik yoki bepul bo‘lishi noma’lum. Ushbu servisni yaratishdan ko‘zlangan asosiy g‘oya — to‘g‘ridan-to‘g‘ri muxlislardan ko‘proq daromad olish, o‘yinlar namoyishini yaxshiroq nazorat qilish, shuningdek, hozircha daromad yuqori bo‘lmagan bozorlarni rivojlantirishdan iborat.

Striming servisi 2027 yildan boshlab ishga tushirilishi kutilmoqda.

Kiritildi: 22:59, 19.03.2026.
O'qildi: 3722 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик