Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Arbeloa akademiyadan yana bir yangi iste’dod topdi

Arbeloa akademiyadan yana bir yangi iste’dod topdi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi 18 yoshli o‘ng qanot himoyachisi Xesus Fortea Alvaro Arbeloa qo‘l ostida asosiy jamoada debyut qiladigan navbatdagi futbolchiga aylanishi mumkin.

«Qaymoqranglilar»ning amaldagi ustozi «Kastilya»dagi birgalikdagi faoliyati orqali o‘ziga yaxshi tanish bo‘lgan yosh futbolchilarga mamnuniyat bilan ishonch bildirmoqda. Marca nashrining xabariga ko‘ra, Fortea «qirollik klubi»ning istiqbolli tarbiyalanuvchilari orasida asosiy tarkibda tez orada debyut qilishi kutilayotgan bosh nomzodlardan biri hisoblanadi. Lateral o‘tgan yilning yozidayoq Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida jamoa qaydnomasiga kiritilgan edi, biroq maydonga tushmagan.

Xesus Fortea Ispaniyaning 15 yoshdan 20 yoshgacha bo‘lgan barcha toifadagi terma jamoalarida o‘ynash tajribasiga ega. Himoyachining «Real» bilan shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan.

Yakshanba kuni Alvaro Arbeloa jamoasi o‘z maydonida «Atletiko»ni qabul qiladi.

Kiritildi: 08:23, 20.03.2026.
O'qildi: 5204 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик