Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Enso Fernandes «Chelsi»dan ketadimi? Liam Rosenyor argentinalik yulduz bilan suhbat tafsilotlarini ochiqladi

Enso Fernandes «Chelsi»dan ketadimi? Liam Rosenyor argentinalik yulduz bilan suhbat tafsilotlarini ochiqladi

Baho:
+ | -

«Chelsi» bosh murabbiyi Liam Rosenyor yarim himoyachi Enso Fernandesning kelajagi borasida to‘xtalib o‘tdi.

Yaqinda argentinalik futbolchi klubdagi keyingi faoliyati haqidagi savolga aniq javob bermay, ehtimoliy ketishi haqidagi mish-mishlarni avj oldirgan edi.

«Biz Enso bilan juda yaxshi suhbatlashib oldik. U klubimizda baxtli ekanligini ochiq-oydin bildirdi», — deya Rosenyorning so‘zlarini keltirmoqda jurnalist Fabrisio Romano.

25 yoshli xavbek uchun asosiy da’vogar Madridning «Real» klubi hisoblanmoqda, shuningdek, «PSJ»ning qiziqishi haqida ham ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi. Jahon chempionining «ko‘klar» bilan shartnomasi 2032 yilgacha mo‘ljallangan, uning qiymati esa Transfermarkt portali tomonidan 90 mln yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 19:55, 20.03.2026.
O'qildi: 2242 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик