Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

David Rayya «Arsenal»ga o‘tishidan oldin qaysi klub bilan kelishuvga yaqin bo‘lganini aytdi

David Rayya «Arsenal»ga o‘tishidan oldin qaysi klub bilan kelishuvga yaqin bo‘lganini aytdi

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi darvozaboni David Rayyaning faoliyati butunlay boshqacha tus olishi mumkin edi. 2023 yilning avgust oyida «to‘pchilar» ispaniyalik posbonni «Brentford»dan bir yildan so‘ng kuchga kiradigan sotib olish majburiyati bilan ijaraga olishgan edi.

«Men «Arsenal»ga kelishimdan oldin boshqa klubga o‘tishga juda yaqin edim. Baxtimizga, bu amalga oshmadi va shundan so‘ng «Arsenal» men bilan bog‘landi. O‘sha klub «Bavariya» edi», — dedi Rayya o‘z intervyusida. Uning so‘zlarini jurnalist Fabrisio Romano keltirmoqda.

30 yoshli darvozabon joriy mavsumda Mikel Arteta jamoasi safida 40 ta o‘yinda maydonga tushib, 25 ta gol o‘tkazib yubordi. Futbolchining London grandi bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 12:52, 21.03.2026.
O'qildi: 873 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик